fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan baliq filesi

Videoretsept: pechda pishirilgan baliq filesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pechda pishirilgan kartoshkali losos balig’i filesi – bu lazzatli va to’yimli taom. U tez va oson tayyorlanadi, hamda juda foydali.  Bunday taomni mehmonlar kelishiga ham tayyorlash mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 150 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
5 ta kartoshka
1 kilogramm losos balig'i filesi
3 ta pomidor
200 millilitr 20-35 % li qaymoq
1 osh qoshiq xantal
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq oregano
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani tozalab, 2-3 ga bo’lib, qaynagandan so’ng, taxminan 10 daqiqa davomida yarim pishgan holatga keltiramiz. Suvini to’kib, kartoshkani pech uchun qolipga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tomatlarni ustini bizor kesib, qaynoq suv quyamiz. Po’stini tozalab, bo’laklarga kesib, kartoshkaga qo’shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sabzavotlarga ziravorlar, maydalangan sarimsoqpiyoz, qaymoq qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustiga losos qo’yib, tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biroz qaymoq quyib, quritilgan oregano sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

190С gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 35 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
5 ta kartoshka
1 kilogramm losos balig'i filesi
3 ta pomidor
200 millilitr 20-35 % li qaymoq
1 osh qoshiq xantal
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq oregano
oldingi
Videoretsept: avokado va no’xatlik vegan sendvichlari
keyingi
Go’shtli sousli kartoshkali klyotskalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.