fbpx
Videoretsept: Olxo’rili marinadda pishirilgan tovuq qanotchalari

Videoretsept: Olxo’rili marinadda pishirilgan tovuq qanotchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq qanotchalaridan tayyorlangan taomlar juda ishtahaochar ko’rinishga ega bo’lib, ularni bemalol bayram dasturxoniga tortish mumkin. Qolaversa kartoshka qo’shib pishirilgan ushbu tovuq qanotchalari oilaviy dasturxonlarga ham mos keladi.

Tovuqni qancha vaqtingiz bo’lsa, shuncha marinadlab qo’yganingiz yaxshi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 44 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tovuq qanotchalarini yuvib, quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishdda tovuq qanotchalarini marinad bilan aralashtirib, 1-2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kartoshkani artib, yuvib, 10 daqiqa qaynatib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshkani sovutib bo'laklarga bo'lamiz. Tuz, murch va istalgan ziravorlarni sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra o'simlik yog'i solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga kartoshkalarni terib chiqib, ustidan marinadlangan tovuqni qo'yamiz va ustini folga bilan yopib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra folgani olib, gaz pechi olovini 200 C darajaga oshiramiz va yana 10-15 daqiqa pishiramiz. Tayyor taomni likopchaga olib, ko'katlar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 180-200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Qaymoqli qayladagi qo’ziqorinli pasta
keyingi
Kartoshka pyure va pishloqli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.