Videoretsept: olchali pechenye «boyqush ko’zlari»
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
350 gramm un
-
100 millilitr smetana
-
10 gramm vanil shakari
-
250 gramm muzdek sariyog'
-
3 ta tuxum sarig'i
-
bir chimdim tuz
-
Nachinka uchun
-
300 gramm olcha yoki shpanka
-
Beze uchun
-
3 ta tuxum oqi
-
150 gramm shakar
-
150 gramm maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Pechenyening tashqi ko’rinishi boyqush ko’zlariga, ustidagi yong’oqli beze qatlami esa rangi tovlangan patlariga o’xshaydi.
Uqalanib ketadigan darajada mayin xamir, nordon olcha va yong’oqli beze – juda mazzali birlashma.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
350 gramm un | |
100 millilitr smetana | |
10 gramm vanil shakari | |
250 gramm muzdek sariyog' | |
3 ta tuxum sarig'i | |
bir chimdim tuz | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm olcha yoki shpanka | |
Beze uchun |
|
3 ta tuxum oqi | |
150 gramm shakar | |
150 gramm maydalangan yong'oq |
Xamir tayyorlaymiz
Elangan un solingan chuqur idishga sovuq sariyog’ni qirg’ichdan o’tkazib, qo'limizda aralashtirib uqalaymiz.
Tuxum sarig’i, vanil shakari, tuz va smetana qo’shib, tezda xamir qoramiz. Xamirga uzoq ishlov berish kerak emas, shar shakliga keltirib, yopishqoq plyonkaga o’rab, 1-2 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Gilosni danaklaridan tozalaymiz.
Beze tayyorlaymiz
Blender yoki oxlov yordamida yong’oqlarni kichik bo’laklarga maydalaymiz.
Boshqa idishda tuxum oqi bilan shakarni qattiq va yaltirab turadigan holatgacha ko’pirtiramiz. Hosil bo’lgan massaga maydalangan yong’oqni qo’shib aralashtiramiz.
Sovutilgan xamirni un sepilgan joyga qo’yib, 3 bo’lakga bo’lamiz.
Bir qismini ingichka qilib yoyib, to’rtburchak shakldagi xamirning ikki tomoniga olchani qator qilib terib chiqamiz.
Olchani xamir bilan berkitib, o’rtaga rulet qilib o’raymiz. Qolgan xamirni ham xuddi shunday o’rab chiqamiz.
Pergament qog’ozi solingan pech patnisining ustiga ruletlarni ehtiyotkorlik bilan qo’yamiz. Ustiga yong’oqlik bezeni qo’yib chiqamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
350 gramm un | |
100 millilitr smetana | |
10 gramm vanil shakari | |
250 gramm muzdek sariyog' | |
3 ta tuxum sarig'i | |
bir chimdim tuz | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm olcha yoki shpanka | |
Beze uchun |
|
3 ta tuxum oqi | |
150 gramm shakar | |
150 gramm maydalangan yong'oq |