fbpx
Videoretsept: nachinkali pishirilgan olma

Videoretsept: nachinkali pishirilgan olma

Yo’nalishlar

Yong’oq, mayiz va asalli nachinka bilan pishirilgan xushbo’y olmalar – tez, mazali va asosiysi, foydali shirinlikdir. Shuningdek, olmani ko’pirtirilgan qaymoq yoki muzqaymoq bilan bezatish mumkin – shirinlikni yanada mazali va chiroyliroq qiladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Olmaning tepasini qopqoq qilib kesib, qoshiq bilan o’rtasini tozalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yong’oqni pichoq bilan maydalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishda yong’oq, mayiz va dolchinni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Olmani pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ichiga yong’oq aralashmasini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustiga asal quyib, har birini tepasiga kichkina sariyog’ bo’lakchasini qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Olmani 180C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga, olma yumshaguncha, qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor olmani xohishga ko’ra ko’pirtirilgan qaymoq yoki muzqaymoq bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: pechda pishirilgan go’sht bilan kartoshka
keyingi
Videoretsept: pechda mol go’shtidan shashlik

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.