Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda tayyorlangan «Kapuchchino» shirinligi
Masalliqlar:
-
80 gramm sariyog'
-
2 choy qoshiq shokoladli pasta
-
60 gramm un
-
50 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
-
20 gramm kakao kukuni
-
2 ta tuxum
-
100 millilitr yangi damlangan qahva
-
Kremiga:
-
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
30-50 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Oddiy mikroto’lqinli pechda ham mazali desertlardan tayyorlash mumkin. Biz tayyorlagan bugungi shirinlik ham mayin, ajoyib ko’rinishli va qahva ta’miga to’yinib pishadi.
Shuningdek «Kapuchchino» shirinligini mikroto’lqinli pechda pishirishda 2 daqiqa vaqt sarflaniladi!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
80 gramm sariyog' | |
2 choy qoshiq shokoladli pasta | |
60 gramm un | |
50 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
20 gramm kakao kukuni | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr yangi damlangan qahva | |
Kremiga: |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
30-50 gramm shakar upasi |
Sariyog'ni bo'laklarga bo'lib, kosaga solamiz. Ustidan shokoladli pastani ham solamiz va mikroto'lqinli pechda 15 soniya davomida eritib olamiz.
Alohida idishga un, shakar, kakao kukuni, tuxum va bir chimdim tuz solamiz. Venchik yordamida silliq holatga kirgunicha yaxshilab aralashtiirb olamiz.
Ustidan eritilgan sariyog' va shokoladli pastani quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni mikroto'lqinli pechga qo'ysa bo'ladigan stakanlarga yarim qilib quyib chiqamiz. Keyin esa mikroto'lqinli pechga qo'yib, 2 daqiqa davomida 850 Vt da pishirib olamiz.
Muhim! Ko'rsatilgan vaqtdan uzoqroq pishirmang, aks holda quruq bo'lib qolishi mumkin.
Shirin ta'mli qahva tayyorlab, kekslarga yaxshilab quyib chiqamiz.
So'ng keks sovishi va qahvani o'ziga singdirishi uchun 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Kremi:
Muzdek qaymoqni shakar upasi bilan birgalikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Masalliqlar:
80 gramm sariyog' | |
2 choy qoshiq shokoladli pasta | |
60 gramm un | |
50 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
20 gramm kakao kukuni | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr yangi damlangan qahva | |
Kremiga: |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
30-50 gramm shakar upasi |