fbpx
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda shokoladli keks

Videoretsept: mikroto’lqinli pechda shokoladli keks

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Glazur uchun

Yo’nalishlar

Mikroto’lqinli pechda nafaqat ovqatni isitish, balki mazali taomlar va pishiriqlar pishirish mumkun. Bugun 5 daqiqada tayyorlanadigan keksni sizga taqdim etamiz. Tez va oson retseptlarni sevuvchilar bu keks tayyorlash usulini yoqtirishlari aniq. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
150 gramm un
130 gramm shakar
30 gramm kakao
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
90 millilitr eritilgan sariyog' yoki o'simlik yog'i
350 millilitr iliq suv
Glazur uchun
50 millilitr sut
15 gramm kakao
30 gramm shakar
50 millilitr eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Idishda un, shakar, kakao, qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yog’ va suv qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni o’rtacha qolipga quyib, mikroto’lqinli pechga 5-6 daqiqaga qo’yamiz. Tayyorligini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chuqur idishda kakao, shakar, sut va sariyog’ni birlashtiramiz. Mikroto’lqinli pechga 3-5 daqiqaga qo’yamiz. Agar glazur juda suyuq bo’lsa, sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor keksni sovutib, ustiga glazur quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
150 gramm un
130 gramm shakar
30 gramm kakao
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
90 millilitr eritilgan sariyog' yoki o'simlik yog'i
350 millilitr iliq suv
Glazur uchun
50 millilitr sut
15 gramm kakao
30 gramm shakar
50 millilitr eritilgan sariyog'
oldingi
Videoretsept: avokadolik «Yashil ma’buda» salati
keyingi
Videoretsept: jigarli nachinkali kartoplyaniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.