Videoretsept: marmar keks
Masalliqlar:
-
100 gramm "Milter 80%" margarini
-
50 gramm jigarrang shakar
-
130 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
320 millilitr kefir
-
270 gramm un
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
30 gramm kakao kukuni
-
70 millilitr damlangan achchiq qahva
Yo’nalishlar
Kefir asosida pishirilgan keks juda yumshoq, biroz nam, mayin bo’lib pishadi, va baland ko’tariladi. Keksni keskaningizda ichida chiroyli ikki rangli xamir ko’zni quvontiradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm "Milter 80%" margarini | |
50 gramm jigarrang shakar | |
130 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
320 millilitr kefir | |
270 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
30 gramm kakao kukuni | |
70 millilitr damlangan achchiq qahva |
Yumshatilgan margarinni ikki xil shakar bilan birlashtirib, 2 daqiqa davomida mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Tuxum qo’shib aralashtiramiz.
Kefir qo’shamiz va yana aralashtiramiz.
Un, qabartma, tuz va soda qo’shib aralashtiramiz.
Xamirni ikki teng qismga bo’lamiz. Kakao va achchiq qahva qo’shib aralashtiramiz.
22х12х7 smlik qolipga yog’ surtib, unlaymiz.
Qolipga birma-bir oq xamir va kakaolik xamirni qoshiq yordamida solamiz.
Marmarga o’xshash naqsh xosil bo’lishi uchun, taxta tayoqcha yoki sanchqi yordamida pastdan tepaga bir-necha marta yurg’izamiz.
180С gacha qizdirilgan pechga 50 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyorligini uzun taxta tayoqcha yoki gugurt cho’pi yordamida tekshiramiz. Xamir tayoqga yopishmasligi kerak.
Tayyor keksni sovutamiz, xoxishga ko’ra glazur surtish yoki shakar upasi sepish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida..
Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan
Masalliqlar:
100 gramm "Milter 80%" margarini | |
50 gramm jigarrang shakar | |
130 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
320 millilitr kefir | |
270 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
30 gramm kakao kukuni | |
70 millilitr damlangan achchiq qahva |