Videoretsept: limonli muss-chizkeyk
Masalliqlar:
-
100 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
-
2 ta limon
-
360 gramm tvorogli pishloq
-
130 gramm shakar upasi
-
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
Bezak uchun
-
3 ta limon bo'laklari
-
2 dona yalpiz (myata) shoxchalari
Yo’nalishlar
Mayin, havodor, biroz nordon limonli muss-chizkeyk. Tayyorlanishi ko’p vaqt talab qilmaydigan oson ammo juda chiroyli shirinlik.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm qumoq pechenye (pesochniy) | |
2 ta limon | |
360 gramm tvorogli pishloq | |
130 gramm shakar upasi | |
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
Bezak uchun |
|
3 ta limon bo'laklari | |
2 dona yalpiz (myata) shoxchalari |
Asos tayyorlaymiz
Pechenyeni mayda kroshka holatiga keltiramiz. Stakanga uqalangan pechenyeni solamiz.
Muss tayyorlaymiz
1 ta limon sharbatini siqamiz.
Chuqur idishda tvorogli pishloqni mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Limon sharbati, shakar upasi va tuz qo’shib yana ko’pirtiramiz.
Boshqa idishda qaymoqni ko’pirtiramiz.
Qaymoqni tvorogli massaga qo’shib, lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. 1 ta limon sedrasini qo’shamiz.
Mussni pechenye ustiga qandolat qopchasi yordamida solamiz va sovutgichga kamida 1 soatga qo’yamiz.
Masalliqlar:
100 gramm qumoq pechenye (pesochniy) | |
2 ta limon | |
360 gramm tvorogli pishloq | |
130 gramm shakar upasi | |
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
Bezak uchun |
|
3 ta limon bo'laklari | |
2 dona yalpiz (myata) shoxchalari |