fbpx
Videoretsept: lavashdan ruletchalar

Videoretsept: lavashdan ruletchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gazaklar piknik va bayramlar uchun ajoyib tanlov. Yorqin, qisqichbaqa tayoqchalaridan nachinkali lavashdan ruletchalar buterbrodlar o’rnini bosib, dasturxoningizga ko’rk qo’shadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 dona lavash xamiri
50 gramm "Sloboda 67%" mayonezi
3 ta qaynatilgan tuxum
3 ta bodring
120 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
3 dona salat bargi
Qadam 1
Tugallandi

Bodringni ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum va qisqichbaqa tayoqchalarini mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

2 ta lavash xamirini ustma-ust qo’yamiz. Mayonez surtamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustiga salat bargi, tuxum. bodring va qisqichbaqa tayoqchalarini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Lavashni qalin rulet shaklida o’rab, 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ruletni portsion bo’laklarga kesib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 5
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 dona lavash xamiri
50 gramm "Sloboda 67%" mayonezi
3 ta qaynatilgan tuxum
3 ta bodring
120 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
3 dona salat bargi
oldingi
Videoretsept: pomidor va motsarellalik galeta
keyingi
Videoretsept: kefir asosida pankeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.