Videoretsept: Ko’k somsa
Masalliqlar:
-
1 kilo tayyor qatlama xamir
-
100 gramm dumba yog'isolmasa ham bo'ladi
-
2 bog' ismaloq
-
1 bog' mator ko'kati
-
2 bog' jag'-jag'
-
100 gramm yangi chiqqan yalpiz
-
1 bosh katta piyoz
-
1 choy qoshiq zira
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i + sut
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Ko’klam kirib kelishi bilan hammada ko’k somsalar-u ko’k chuchvaralar tayyorlash istagi uyg’onadi. Ammo bunda qatlama xamir tayyorlash uchun har doim ham bo’sh vaqt topilmaydi.
Sizlarga ham tayyor xamirdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz. Chunki bunday xamirda qilingan somsalar nafaqat tez tayyorlaniladi, balki juda mazali hamdir.
1 kg o’ramli tayyor xamirdan 32 dona somsalar hosil bo’ldi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor qatlama xamir | |
100 gramm dumba yog'i | |
2 bog' ismaloq | |
1 bog' mator ko'kati | |
2 bog' jag'-jag' | |
100 gramm yangi chiqqan yalpiz | |
1 bosh katta piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i + sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Xamir yumshagunga qadar asosini tayyorlab olamiz.
Barcha ko'katlarni yaxshilab yuvamiz.
Barchasini maydaroq to'g'rab olamiz.
Qo'y yog'i va piyozni ham to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Hammasini bitta idishga solamiz, ustidan yog'ni quyib,(agar dumba yog'i solinmasa, unda 3 osh qoshiq o'simlik yog'i quyiladi) aralashtirib olamiz.
Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Yumshagan xamirni 16 ta bo'lakka bo'lamiz.
1-2 osh qoshiqdan aralashmadan solamiz.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor qatlama xamir | |
100 gramm dumba yog'i | |
2 bog' ismaloq | |
1 bog' mator ko'kati | |
2 bog' jag'-jag' | |
100 gramm yangi chiqqan yalpiz | |
1 bosh katta piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i + sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |