Videoretsept: kivi va yong’oqlar bilan pishirilgan pirog
Masalliqlar:
-
200 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
yarim choy qoshiq dolchin
-
yarim choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm + 6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
-
100 gramm + 6 osh qoshiq shakar
-
60 gramm maydalangan yong'oq
-
5 dona kivi
-
1 choy qoshiq vanil
-
2 ta tuxum
-
120 millilitr sut
Yo’nalishlar
Juda ham mazali va chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan bugungi pirogimizni kivi va yong’oqlardan tayyorladik.
Bu pirogni tayyoirlash juda oson bo’lib, tayyorlanish jarayonini vidoretsepimizni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
yarim choy qoshiq dolchin | |
yarim choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm + 6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm + 6 osh qoshiq shakar | |
60 gramm maydalangan yong'oq | |
5 dona kivi | |
1 choy qoshiq vanil | |
2 ta tuxum | |
120 millilitr sut |
Tog'orachaga quruq masalliqlarni solib aralashtiramiz: un, qabartma, dolchin, muska yong'og'i va tuz. Chetga olib qo'yamiz.
100 gramm sariyog'ni ko'pirtirib, 100 gramm shakarni solamiz va 1-4 daqiqa birga ko'pirtiramiz.
Vanilin solib aralashtiramiz, bitta-bitta tuxumni solamiz.
Mikserni eng past tezligiga tushirib, unli aralashmani yarmini solamiz.
So'ng sutni solib, yana aralashtirib olamiz.
So'ng qolgan quruq masalliqlarni solamiz.
Chetga olib qo'yamiz.
Tovaga 6 qoshiqdan sariyog' va shakar solib eritamiz, shakar eriguniga qadar aralashtirib olamiz.
Ko'pikchalar paydo bo'lganda gazdan olamiz.
Issiq qaylani pergament qog'oz to'shalgan qolipga quyamiz.
Parrak qilib to'g'ralgan kivi bo'lakchalarini terib chiqamiz.
Xamirni quyib, tekislab olamiz.
170 С qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. .
Pishgan pirogni ehtiyotkorlik bilan qolipdan ajratamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
yarim choy qoshiq dolchin | |
yarim choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm + 6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm + 6 osh qoshiq shakar | |
60 gramm maydalangan yong'oq | |
5 dona kivi | |
1 choy qoshiq vanil | |
2 ta tuxum | |
120 millilitr sut |