fbpx
Videoretsept: Jem solingan qatlamali pishiriqlar

Videoretsept: Jem solingan qatlamali pishiriqlar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bunday usulda tayyorlangan qatlama xamirdan yuzdan ortiqroq har xil pishiriqlar tayyorlash mumkin. Bugun esa bizlar bunday xamir ichiga jem solingan shirinliklardan tayyorlashni tavsiya qilamiz.

Bizning videoretseptimizga tayanib, qatlamali xamirdan tayyorlang va ichiga jem solib, ajoyib pishiriqlardan pishiring.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 21 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
600 gramm un
600 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1.5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq limon kislotasi
2 choy qoshiq qaynoq suv
375 millilitr suv
Asosiga:
200 millilitr quyuq jem
surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

1 choy qoshiq limon kislotasi ustidan 2 choy qoshiq issiq suv quyamiz va erigunga qadar yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suvga tuz va ½ choy qoshiq eritilgan limon kislotasidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni elab, chuqurroq idishga solamiz va ustidan suv solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir aylana shaklga kirgandan so'ng stol ustiga olamiz va 7-10 daqiqa yaxshilab mushtlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni tog'orachaga solamiz, ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

3 ta margarinni yonma-yon qo'yib, bitta yaxlit shakl beramiz,

Qadam 7
Tugallandi

30 daqiqadan so'ng xamirni 5 mm qalinlikdagi to'rtburchak shaklda yoyib olamiz. Xamirning o'rtasi chetlariga qaraganda qalinroq bo'lishi kerak.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning o'rtasiga margarinni qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirning to'rtala tomonini ham margarinni ustidan birma-bir yopamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni o'rtasidan boshlab, taxminan 0,7 - 1 sm qalinlikga kirgunicha yoya boshlaymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni yana xuddi "konvert"dek taxlaymiz va yelim xaltaga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

30 daqiqadan so'ng xamirni olamiz, stolga un sepib, 0,7 - 1 sm qalinlikda yoyib olamiz. Bunda xamirning uzunligi kengligidan 3 karra kattaroq uzunroq bo'lishi kerak.

Qadam 13
Tugallandi

Xamirni yana ustma-ust taxlaymiz va yana 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz. Bu jarayonni yana ikki marta qaytaramiz, shunda sizda 200 qavatli qatlama xamir hosil bo'ladi.

Qadam 14
Tugallandi

To'rtinchi bor yoyilgandan so'ng, xamirni kamida 12 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

So'ng, tayyor xamirni teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Har bir xamirni 3 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Ulardan 10x10 sm kattalikdagi to'rtburchaklar yasab olamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Bir bo'lagini olamiz, dioganaliga ustma-ust qo'yamiz, 1 sm pastrog'idan ikkala tomonidan kesamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Kvadratni ochamiz, kesilgan burchaklariga ozroq suvdan surtib, bir-birini ustini yopamiz.

Qadam 18
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga olib qo'yamiz, 1 choy qoshiqdan ichiga jem qo'yib chiqamiz.

Chetlariga tuxum sarig'idan surtamiz.

Qadam 19
Tugallandi

210 C darajada qizdirilgan gaz pechida 8 daqiqa pishiramiz, so'ng haroratni 180 C ga tushirib, yana 12 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
600 gramm un
600 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1.5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq limon kislotasi
2 choy qoshiq qaynoq suv
375 millilitr suv
Asosiga:
200 millilitr quyuq jem
surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Alkogolsiz qizdiruvchi «glintveyn» ichimligi
keyingi
Dudlangan lasos balig’i va avokadodan tayyorlangan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.