fbpx
Videoretsept: go’shtli ruletchalar

Videoretsept: go’shtli ruletchalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

To’yimli va mazali xamirli ovqat xohlab qoldingiz, ammo chuchvara tugishga vaqt yo’q. Bunday holatda go’shtli ruletchalarni ta’tib ko’rishni taklif qilamiz. Tayyorlanishi oson bo’lib, kerakli masalliqlar har bekaning oshxonasida topiladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
1 ta tuxum
180 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm un
Nachinka uchun
550 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta katta piyoz
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qayla uchun
1 ta katta piyoz
1 ta o'rtacha sabzi
300 gramm kartoshka
50 gramm tomat pastasi
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Tuxum, iliq suv, tuz, o’simlik yog’i va elangan unni birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni paketga o’rab, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Idishda maydalangan piyoz va farshni birlashtiramiz. Tuz va murch qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ruletchalar tayyorlaymiz

Xamirni bir-necha qismga bo’lamiz. Har birini yupqa qilib yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har biri ustiga nachinka solib, yupqa qilib tekkislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o’rab, o’rtacha xajmda kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qayla qovuramiz

Qozon yoki chuqur tovada o’rtacha olovda piyoz bilan sabzini qovuramiz. Tomat pastasi, tuz va murch qo’shamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Dumaloq shaklda kesilgan kartoshkani qo’shib, 200 ml suv qo’shamiz. O’rtacha olovda 5 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga go’shtli ruletchalarni terib, qozon qopqog’ini yopib, past olovda 30 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ruletchalarni issiq holatda, ko’kat sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
1 ta tuxum
180 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm un
Nachinka uchun
550 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta katta piyoz
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qayla uchun
1 ta katta piyoz
1 ta o'rtacha sabzi
300 gramm kartoshka
50 gramm tomat pastasi
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: «Futbol to’pi» pechenyesi
keyingi
Videoretsept: yashil salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.