fbpx
Videoretsept: go’shtli pirog

Videoretsept: go’shtli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Oila a’zolaringizni mazali pirog bilan siylashno istasangiz, unda mana bu retseptga ahamiyat qarating. Bunday pirog xamiri juda yumshoq chiqib, og’zingizda erib ketadi.

Bunday pirog asosini qiyma va piyozdan tayyorladik. Shuning xohishga qarab, kartoshka ham solish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

200 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
80 gramm smetana
2 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
450 gramm un
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Asosiga:
400 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog' bilan unni qo'lda yaxshilab ishqalab, maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan tuxum, smetana, qabartma va tuzni solib, xamir qorib olamiz.

Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab qiyma ustidan solamiz. Tuz va murchini rostlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ikkiga (⅓ va ⅔ qismlarga) bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Katta bo'lagini olib, yoyamiz va qolip yoki patnisga qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan qiymani solib tekislaymiz va ikkinchi xamir bo'lagi bilan pirog ustini yopamiz. Chetlarini yopishtirib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjut swpamiz.

Qadam 8
Tugallandi

165 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
80 gramm smetana
2 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
450 gramm un
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Asosiga:
400 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qarsildoq tovuq solingan pishloqli krem-sho’rva
keyingi
Tvorogli bulochkalar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.