fbpx
Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan sersuv tovuq

Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan sersuv tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ta’tib ko’rganlaringiz orasida eng sersuv tovuq retseptini taqdim etamiz. Tovuq pechda deyarli sizning ishtirokingizsiz pishadi, sizda esa boshqa ishlar uchun bo’sh vaqt paydo bo’ladi.

Taom oddiy va tezpisharligiga qaramay, tovuq juda mazali va xushbo’y bo’lib pishadi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1300-1500 gramm butun tovuq
3 osh qoshiq mayonez
1 osh qoshiq Maselkodan chili qaylasi
1 choy qoshiq kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz va murch
100 millilitr o'simlik yog'i
1-2 ta limon
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Marinad tayyorlab olamiz. Mayonez, chili qaylasi, barcha ziravorlar, tuz va o'simlik yog'ini aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuqning ichi va ustiga tayyorlangan marinadni suritib chiqamiz. Ichini limon bo'laklari va sarimsoqpiyoz tishchalari bilan to'ldiramiz.

Eslatma: agar vaqtingiz bo'lsa, marinadlangan tovuqni 1 soatga muzlatgichga olib qo'ysangiz, u yanada xushbo'y bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuqni gaz pechi patnisiga joylashtirib, qolgan marinadni suritamiz va 180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1,5-2 soatga yuboramiz.

Agar tovuq vaqtidan oldin qizarishni boshlasa, unda ustini folga bilan yopishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1300-1500 gramm butun tovuq
3 osh qoshiq mayonez
1 osh qoshiq Maselkodan chili qaylasi
1 choy qoshiq kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz va murch
100 millilitr o'simlik yog'i
1-2 ta limon
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Videoretsept: shokolad pastali kapkeyklar
keyingi
Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan shokoladli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.