Videoretsept: dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat
Masalliqlar:
-
200 gramm dudlangan tovuq go'shti
-
200 gramm "365 Kun" konservalangan makkajo’xorisi
-
4 ta qaynatilgan tuxum
-
150 gramm koreys sabzisi "morkovcha"
-
50 gramm qattiq pishloq
-
150 gramm mayonez
Yo’nalishlar
Dudlangan tovuq filesi va koreys sabzisi qo’shilgan salat tez va oson tayyorlanadi, ko’rinishi esa juda chiroyli va bayramona. Har-kunga uni katta salat idishida aralashtirilgan holda, yanada tezroq tayyorlash mumkin. Dudlangan tovuq o’rniga, qaynatilgan solish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
200 gramm "365 Kun" konservalangan makkajo’xorisi | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
150 gramm koreys sabzisi "morkovcha" | |
50 gramm qattiq pishloq | |
150 gramm mayonez |
Tuxumlarni qaynatib, sovutib, tozalab, qirg’ichdan chiqaramiz.
Konservalangan makkajo’xorining suyuqligini to’kib yuboramiz.
Dudlangan tovuq filesini mayda kubik shaklida to’g’raymiz.
Koreys sabzisini mayda to’g’raymiz.
Maydalangan holatda salatda chiroyliroq ko’rinadi.
Pishloqni qirg’ichdan chiqaramiz.
Salatni qavat-qavat qilib qolip ichiga teramiz.
Birinchi maydalangan tovuqni qo’yamiz, qatlam zich bo’lishi uchun, qoshiq bilan biroz ezamiz. Ustiga biroz mayonez surtamiz.
Ustiga maydalangan koreys sabzisini teramiz va mayonez surtamiz.
Uchinchi qatlam - pishloq, va yana mayonez surtamiz. Pishloq ustiga tuxumni terib yana mayonez surtamiz.
Oxirgi qatlam - konservalangan makkajo’xori. Ustini qoshiq bilan ezamiz, masalliqlar birlashib, to’kilib ketmasligi uchun.
Salatdan qolipni olib tashlab, dasturxonga tortishdan oldin sovutgichga qo’yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
200 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
200 gramm "365 Kun" konservalangan makkajo’xorisi | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
150 gramm koreys sabzisi "morkovcha" | |
50 gramm qattiq pishloq | |
150 gramm mayonez |