Videoretsept: Dimlama
Masalliqlar:
-
200 gramm piyoz
-
500 gramm mol go'shti
-
150 gramm qizil sabzi
-
200 gramm sholg'om
-
2 ta sarimsoqpiyoz
-
500 gramm pomidor
-
500 gramm kartoshka
-
400 gramm makkajo'xori
-
350-400 gramm karam
-
1 bog' shivit
-
1 bog' petrushka yoki kashnich
-
ta'bga ko'ra tuz
-
2 choy qoshiq zira
-
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
200 millilitr suv
Yo’nalishlar
Dimlama – bu O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. U ko’p miqdordagi sabzavot va go’shtdan tayyorlanadi, ular qatlamlarga yig’ilib, uzoq vaqt davomida dimlanadi.
Ushbu taom nafaqat juda mazali, balki foydali hisoblanadi. Axir, sabzavotlarda ko’p miqdordagi vitaminlar mavjud, go’sht esa, oqsil manbai hisoblanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 78 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm piyoz | |
500 gramm mol go'shti | |
150 gramm qizil sabzi | |
200 gramm sholg'om | |
2 ta sarimsoqpiyoz | |
500 gramm pomidor | |
500 gramm kartoshka | |
400 gramm makkajo'xori | |
350-400 gramm karam | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka yoki kashnich | |
ta'bga ko'ra tuz | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
200 millilitr suv |
Kartoshka, piyoz va sholg'omni po'stidan artib, barcha sabzavotlarni yaxshilab yuvamiz
Go'shtni o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz.
Piyoz va pomidorni yupqa yarim halqa shaklida to'g'raymiz.
Kartoshka va sholg'omni 2 ga bo'lamiz.
Har bir sabzini 1-1,5 sm qalinlikdagi halqa shaklida to'g'raymiz.
Makkajo'xorini hajmiga qarab, 3 yoki 4 ga bo'lamiz.
Karamni 4 yoki 6 ga bo'lamiz.
Olovni past qilib yoqib, qozonni qo'yamiz.
Qozonning tagiga piyozni 1/2 qismini qo'yamiz, so'ngra go'sht va qolgan piyozni ham solamiz. Ozroq tuz va zira sepamiz.
So'ngra sabzi, sholg'om va sarimsoqpiyozni ham solamiz.
Ustidan pomidorning yarimi, kartoshka solib, paprika va tuz sepamiz va qolgan pomidorni ham solamiz.
Qozon yonlariga makkajo'xorilarni qo'yib, ustini karamlar bilan yopamiz. Ko'kat solib, tuz va zira sepamiz.
So'ngra suv solib, qozon qopqog'ni yopamiz. Olovini balandlatib, qaynashini kutamiz.
Qaynab chiqqanidan so'ng, olovini past qilib, 2 soat pishiramiz.
Tayyor dimlamaga ko'kat sepib, likopchaga olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Coca-cola ning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://instagram.com/cocacola_uzbekistan
Coca-cola ning youtube dagi rasmiy sahifasi: https://www.youtube.com/playlist?list=PLCIVZWq1FAwdTbHT6ej15IhB45y40XTEs
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
200 gramm piyoz | |
500 gramm mol go'shti | |
150 gramm qizil sabzi | |
200 gramm sholg'om | |
2 ta sarimsoqpiyoz | |
500 gramm pomidor | |
500 gramm kartoshka | |
400 gramm makkajo'xori | |
350-400 gramm karam | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka yoki kashnich | |
ta'bga ko'ra tuz | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
200 millilitr suv |