Videoretsept: brizol
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shtidan qiyma
-
5 ta tuxum
-
1 ta tuxum oqi
-
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
2 ta pomidor
-
3 osh qoshiq mayonez
-
bir nechta shoxcha shivit
-
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Brizol — oddiy, shu bilan birga juda nafis ta’mga ega taom bo’lib, kundalikda va har xil bayramlarda ham dasturxonga ko’rk bag’ishlaydi.
Bu tuxum va qiymadan tayyorlaniladigan universall taom bo’lib, asosi sifatida esa xohlagan masalliqlaringizdan foydalanishingiz mumkin!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
5 ta tuxum | |
1 ta tuxum oqi | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 ta pomidor | |
3 osh qoshiq mayonez | |
bir nechta shoxcha shivit | |
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Qiymaga tuxum oqini solib, tuz va murch sepamiz. Aralashtirib yaxshilab, to'qmoqlab olamiz ya'ni qiymani silliq holatga kirishi uchun tepadan pastga qaratib tashlaymiz.
Qiymani 5 ta bo'lakka bo'lamiz.
Taxtakach ustidan oziq-ovqat pelyonkasi to'shaymiz. Ustidan aylana shakldagi qiymani qo'yib, ustidan yana pelyonka bilan yopamiz.
Kichkina o'qlov bilan qiymani 2-3 mm yupqalikda, aylana shaklda yoyib olamiz.
Bitta tuxumni chaqib, bir chimdim tuz bilan aralashtirib olamiz va yasiroq likopchaga quyamiz.
Yoyilgan qiyma ustidagi pelyonkani olib tashlab, o'zini tuxum solingan likopchaga ehtiyotkorlik bilan ag'daramiz.
So'ng tovaga ozroq yog' quyib qizdiramiz va likopchadagi qiyma va tuxumni bir vaqtda itarib solamiz. Tuxum bilan qiymaning birdan solinishi juda muhim.
Birinchi tarafini avval 3-4 daqiqa past olovda pishiramiz, so'ng ag'darib ikkinchi tomonini ham xuddi shuncha vaqt davomida pishirib olamiz.
Mayda to'g'ralgan shivit va sarimsoqni mayonez bilan aralashtirib, pishirig'imizning qiymali tomoniga surtamiz.
Pomidorlarni somoncha shaklda to'g'rab, ustidan terib chiqamiz va ularni xuddi ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Qolgan qiymalarni ham xuddi shunday usulda tayyorlaymiz. Hammasi bo'lib, 5 ta qiymali quymoqchalar hosil bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
5 ta tuxum | |
1 ta tuxum oqi | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 ta pomidor | |
3 osh qoshiq mayonez | |
bir nechta shoxcha shivit | |
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |