Videoretsept: Benedikt tuxumi
Masalliqlar:
-
4 bo'lak toster yoki baton noni
-
4 bo'lak mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
-
4 ta tuxum
-
1 osh qoshiq 70 % li sirka
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Gollandcha qaylasiga:
-
3 ta tuxum sarig'i
-
150 gramm sariyog'
-
1 osh qoshiq suv
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Benedikt tuxumi — restoranlarda tayyorlaniladigan mashhur nonushtalardan biri bo’lib, uni uy sharoitida ham bemalol tayyorlash mumkin. Bu retseptda bizlat pashot tuxumining tez tayyorlanilishi va haqiqiy gollanda qayla tayyorlash siri bilan bo’lishamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 bo'lak toster yoki baton noni | |
4 bo'lak mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
4 ta tuxum | |
1 osh qoshiq 70 % li sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Gollandcha qaylasiga: |
|
3 ta tuxum sarig'i | |
150 gramm sariyog' | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
bir chimdim tuz |
Gollandcha qaylasiga:
Sariyog'ni uch qism: 100 grammli va ikkita 25 grammli bo'laklarga bo'lamiz.
100 grammli bo'lagini qozonchaga solib, past olovda eritib olamiz.
Tuxum sarig'ini shisha idishga solib, quyuqlashgunicha, taxminan 1 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz.
Tuz, limon sharbati va bir chimdim tuz solamiz. Yana yarim daqiqacha ko'pirtiramiz.
Kichkina sariyog' bo'lagining bittasini solib, hammasini suv bug'iga qo'yamiz.
Qayla quyuqlashib, kremsimon holatga kirgunicha tinmasdan aralashtirib turamiz.
Qozonchani gazdan olib, qolgan sariyog' bo'lagini ham solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Eritilgan sariyog'ni ham qayla ustidan quyamiz va venchikda aralashtirib olamiz.
Tuz va murch sepamiz, xohishga qarab limon sharbatini ham solamiz.
Pashot tuxumi:
Qozonga suv quyamiz va 1 osh qoshiq sirka quyamiz. Gazga qo'yib, biroz qaynatib olamiz.
Tuxumni kichikroq idishga chaqib solamiz. So'ng uni qaynayotgan suvga solamiz.
Tuxum qozon ostiga cho'kkandan so'ng esa tuxum oqini sarig'iga yaqinroq qilib to'g'irlashimiz mumkin. Faqat suv qattiq qaynab ketmasligi kerak.
3-4 daqiqa qaynatgandan so'ng tuxumni olib, qog'oz sochiq ustiga olib qo'yamiz. Qolgan tuxumlarni ham xuddi shunday usulda pishirib olamiz.
Masalliqlar:
4 bo'lak toster yoki baton noni | |
4 bo'lak mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
4 ta tuxum | |
1 osh qoshiq 70 % li sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Gollandcha qaylasiga: |
|
3 ta tuxum sarig'i | |
150 gramm sariyog' | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
bir chimdim tuz |