Videoretsept: «Barmoq» pechenyelari
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
250 gramm un
-
180 gramm sariyog'
-
150 gramm smetana
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
Asosiga:
-
100 gramm maydalangan yong'oq
-
100 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
25 gramm sariyog'
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
«Barmoq» pechenyelari tatarcha ommalashgan pishiriqlardan biri bo’lib, uning xamiri yupqa, yong’oqli asosi esa juda ham ko’p.Uyda choy bilan birga tanovvul qilishga ham, mehmondorchilikka olib borishga ham qulaydir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
250 gramm un | |
180 gramm sariyog' | |
150 gramm smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
100 gramm maydalangan yong'oq | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
25 gramm sariyog' | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
Un bilan tuzni aralashtirib olamiz. Ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Qo'lda yaxshilab ishqalab maydalaymiz.
Smetanani qabartma bilan aralashtirib, unli aralashma ustidan quyamiz va aralashtirib, xamir qorib olamiz.
Xamir qorib, yelim xaltaga solamiz va 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yong'oqni blenderda maydalab olamiz. Ustidan shakar, eritilgan sariyog' va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz.
Xamirni teng ikkiga bo'lib, ikkalasini ham navbati bilan yupqa qilib, yoyib olamiz. 10x10 sm kattalikdagi to'rtburchak shakllar kesib olamiz.
Har bir xamirga 1 choy qoshiq asosdan solib, xuddi ruletlardek o'rab chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pechenyelarni ozroq sovutib, ustidan shakar upasini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
250 gramm un | |
180 gramm sariyog' | |
150 gramm smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
100 gramm maydalangan yong'oq | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
25 gramm sariyog' | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |