fbpx
Videoretsept: avokadolik «Yashil ma’buda» salati

Videoretsept: avokadolik «Yashil ma’buda» salati

Masalliqlar:

  • Zapravka uchun

Yo’nalishlar

Mazali va yengil «Yashil ma’buda» salatini tayyorlashni taklif qilamiz. U, ayniqsa, qomati haqida qayg’uradiganlarga juda yoqadi. Bu salatdagi masalliqlarni xohishga ko’ra o’zgartirish mumkin. Shuningdek, boshqa ko’katlar va pishloq ham qo’shish mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm karam
350 gramm bodring
Zapravka uchun
1 ta o'rtacha avokado
1 ta limon sharbati
yarim bog' petrushka yoki kashnich
20 millilitrov zaytun yog'i
20 millilitrov suv
30 gramm istalgan yong'oqlar
1 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Karamni ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bodringni tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blender idishiga avokado, kashnich, yong’oq va tuzni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Limon sharbati, o’simlik yog’i va suvni qo’shib, blenderda krem holatigacha maydalaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chuqur idishda karam bilan bodringni birlashtiramiz. Zapravkani qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salatni 10 daqiqaga, barcha masalliqlar bir-biri bilan yaxshi aralashishi uchun qoldiramiz, so’ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm karam
350 gramm bodring
Zapravka uchun
1 ta o'rtacha avokado
1 ta limon sharbati
yarim bog' petrushka yoki kashnich
20 millilitrov zaytun yog'i
20 millilitrov suv
30 gramm istalgan yong'oqlar
1 choy qoshiq tuz
oldingi
Videoretsept: mol go’shtilik mini-vellingtonlar
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.