fbpx
Videoretsept: avokado va tuxumli tost

Videoretsept: avokado va tuxumli tost

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Foydali va to’yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov bo’lib, sizg butun kunga energiya beradi. Avokado tarkibidagi ko’plab viraminlar va foydali mikroelementlar sababli bunday nonushta nafaqat mazali, balki foydali hamdir.  Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta avokado
2 ta tuxum
60 gramm tvorogli pishloq
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
yarim limon sharbati
2 dona toster yoki baton noni
30 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Toster uchun nonni toster ichida yoki quruq tovada ikki tomonini quritamiz. Istalgan nonni ishlatishingiz mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Tovada o’simlik yog’ini qizdirib, tuxumni rhtiyotkorlik bilan chaqamiz, tuxum oqi oqib ketmasligi kerak. Tuxumni pishiramiz. Tuxum sarig’ini qatirib yubormang, u biroz suyuq qolishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Avokadoni o’rtasidan kesib, danagini olib tashlaymiz, po’stlog’ini tozalaymiz va bo’laklarga kesamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Non ustiga tvorogli pishliq surtib, ustiga avokado bo’laklarini teramiz, ziravorlardan bir chimdimdan sepib, limon sharbatini ezamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Avokado ustiga qovurilgan tuxumni qo’yib, yana murch sepamiz. 
Tuxum issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta avokado
2 ta tuxum
60 gramm tvorogli pishloq
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
yarim limon sharbati
2 dona toster yoki baton noni
30 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: pishloqli sousda «Baffalo» tovuq qanotchalari
keyingi
Videoretsept: shokoladli qaynatma kremli qumoq pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.