fbpx
Videoretsept: «Atirgul» pechenyelari

Videoretsept: «Atirgul» pechenyelari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qatlama xamirdan tayyorlanadigan bezeli ajablanarli darajada mazali ushbu pechenyelarni tayyorlashingiz bilanoq qalbingizni zabt etadi. Atirgul shaklidagi ko’rinishi esa ularni yanada nozikroq qiladi.

Uvalanib ketuvchi ushbu pechenyelar choy yoki qahvaga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
200 millilitr smetana
3 ta tuxum
350 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm shakar
bir chimdim tuz
istakka ko'ra maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Unga tuz va vanil shakarini qo'shib, aralashtiramiz. Unga sovuq margarinni qirg'ichning katta tishidan o'tkazib, qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum sarig'ini oqidan ajratamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Margarin va unli aralashmaga tuxum sarig'i va smetana solib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ikkiga bo'lib, 40-60 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum oqini shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning bir bo'lagini qalinligi 3 mm keladigan to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustiga ko'pirtirilgan tuxum oqini surtib, istakka ko'ra maydalangan yong'oq sepamiz. Ikkinchi xamir bo'lagi bilan ham huddi shunday qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ruletni 3-4 santimetr kenglikdagi bo'laklarga kesib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
200 millilitr smetana
3 ta tuxum
350 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm shakar
bir chimdim tuz
istakka ko'ra maydalangan yong'oq
oldingi
Olma solib pishirilgan karamelli pirog
keyingi
Mandie Pie tayyor aralashmasidan shokoladli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.