Uyda tayyorlanilgan tvorog
Masalliqlar:
-
3 litr sut
-
3-4 osh qoshiq 9% li sirka
-
0.5 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Bu retsept noyob topilma desak hech ham adashmaymiz: gap uning tez tayyorlanilishida emas, balki shu bilan birga juda ham lazzatli ekanligidadir!
Bu tvorogni smetana, asal, murabbo bilan yoki shunchaki o’zini iste’mol qilish mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 12 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 litr sut | |
3-4 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz |
Qozonga sutni quyib, gazga qo'yamiz, bir chimdim tuz sepamiz (sutga tuz sepilganda, sutning tabiiy shirasi paydo bo'ladi),qaynash darajasiga keltiramiz, ammo qaynatmaymiz.
Sut qaynashni endi boshlaganda, gazni o'chiramiz.
Sirkani quyib, venchikda aralashtirishni boshlaymiz. Shunda tvorog va zardob ajrala boshlaydi.
Tvotof to'liq, ya'ni xona haroratigacha sovishi uchun qoldiramiz.
So'ng kattaroq tog'orachaga to'rli suzgich(durshlag) qo'yib, ustidan bir necha qavat dika ro'mol to'shaymiz va ustidan tvorogni quyamiz.
Tvorog zardobi oqib ketgandan so'ng doka ro'molni bog'lab, sovutgichga olib qo'yamiz. Shuningdek uni shu zahoti ham iste'mol qilish mumkin.
Shunday qilib, 3 litr sutdan o'rtacha hisobdan 500-700 gramm tvorog hosil bo'ladi. Bu esa o'z navbatida sutga, uning sifati va yog'liligiga bog'liq. Ammo tvorog tayyorlash uchun faqatgina tabiiy sutdan foydalanish lozim.
Tvorogdan ajralgan zardobidan esa quymoqlar va har xil pirojkalar tayyorlasa, juda mazali chiqadi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 litr sut | |
3-4 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz |