Tvorogli puding
Masalliqlar:
-
500 gramm tvorog
-
1 stakan qaymoq
-
2 ta tuxum
-
1 ta tuxum sarig'i
-
20 gramm eritilgan sariyog'
-
1 choy qoshiq vanil
-
4-5 qoshiq un
-
ta'bga qarab shakar
Yo’nalishlar
Bugun eng oson va juda mazali shirinliklardan biri bo’lmish, tvorogli puding tayyorlaymiz.
Retseptda suli yormasidan qilingan undan foydalanilgan bo’lib, agar siz undan topolmasangiz, unda oddiy undan ham foydalanishingiz mumkin.
Masalliqlar:
500 gramm tvorog | |
1 stakan qaymoq | |
2 ta tuxum | |
1 ta tuxum sarig'i | |
20 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil | |
4-5 qoshiq un | |
ta'bga qarab shakar |
Gaz pechini 170-180 C darajagacha qizdirib olamiz. Qolipimizga sariyog' surtamiz.
Kattaroq idishga tvorog, smetana, sariyog' va vanilni solamiz. Blender bilan maydalab olamiz. Ta'bga qarab shakar solamiz.
2 ta tuxumni solamiz va blenderda yana ko'pirtiramiz.
Unni solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Massani qolipga solamiz va ustiga sal ko'pirtirilgan tuxum sarig'ini surtamiz.
Taxminan 40 daqiqa davomida, usti tillarangga kirgunicha pishiramiz.
Ustini ta'bga qarab har xil mevalar yoki eritilgan shokolad bilan bezatamiz. Hammasi sizning kayfiyatingizga bog'liq. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tvorog | |
1 stakan qaymoq | |
2 ta tuxum | |
1 ta tuxum sarig'i | |
20 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil | |
4-5 qoshiq un | |
ta'bga qarab shakar |