Tvorogli desert
Masalliqlar:
-
300 gramm tvorog
-
100 gramm shakarsiz yogurt
-
2 osh qoshiq kakao
-
15 gramm jelatin
-
80 millilitr suv
-
3 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Agarda siz tvorogni pishirilgan ko’rinishida iste’mol qilishni afzal ko’rsangiz, demak sizga pishirilmagan xom tvorog yoqmaydi. Ammo hozirgi desertimiz tvorogni sevib qolishingizga majbur qilishi aniq.
Chunki u shu darajada mayin chiqadiki, uning tarkibida tvorog mavjudigini sezmaysiz ham. Bu shirinlikka xohlagan meva yoki yong’oqlaringizdan qo’shib, yangicha ta’mlarga ega bo’lavering.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm tvorog | |
100 gramm shakarsiz yogurt | |
2 osh qoshiq kakao | |
15 gramm jelatin | |
80 millilitr suv | |
3 osh qoshiq shakar |
Jelatinni sovuq suvga solib, 15 daqiqa ivitib qo'yamiz.
Ivitilgan jelatinni qozonchaga solib, ozgina qizdirib eritamiz, lekin qaynatib ketmasin.
Shakar, tvorog, yogurt va kakaoni blender idishiga solib maydalab olamiz.
Ustidan eritilgan jelatinni solib, aralashtirib olamiz.
Kremankalarga solib, 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tortishdan oldin ta'bga qarab ustini merenga, malina yoki har xil yong'oqlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.