Tvorog bilan pishirilgan quymoqlar
Masalliqlar:
-
Quymog'iga:
-
230 gramm un
-
2 ta tuxum
-
240 millilitr sut
-
360 millilitr gazlangan suv
-
bir chimdim tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
500 gramm tvorog
-
2 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
1 ta limon po'sti
-
Quymasiga:
-
240 gramm smetana
-
1 ta tuxum
-
2 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Quymoqlarni yangicha usulda tayyyorlab yaqinlaringizni lol qoldirishni istaysizmi? Unday bo’lsa og’izda erib ketuvchi tvorogli quymoqlardan albatta tayyorlab ko’ring.
Ularni kechqurun tayyorlab qo’ysangiz, ertalabga mazali nonushta tayyor!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 28 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Quymog'iga: |
|
230 gramm un | |
2 ta tuxum | |
240 millilitr sut | |
360 millilitr gazlangan suv | |
bir chimdim tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
500 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
1 ta limon po'sti | |
Quymasiga: |
|
240 gramm smetana | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar |
Xamiri uchun tog'orachaga tuxumlarni chaqib solamiz. Bir chimdim tuz sepib, venchikda ko'pirtirib olamiz. Ustidan un, sut va suvni solib, aralashtirib olamiz. 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Yog' solingan tovani qizdirib, quymoqlarni bitta-bitta pishirib olamiz.
Tvorogni doka ro'molga solib, ortiqcha suvidan xalos bo'lamiz. Alohida idishga tuxum va shakarni solib, venchikda ko'pirtirib olamiz. So'ng limon po'sti bilan birga tvorog ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.
Har bir quymoqqa 1 osh qoshiqdan tvorog solamiz va ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. Pishiradigan qolipimizga quymoqlarni bir-biriga zich qilib terib chiqamiz.
Smetana, tuxum va shakarni aralashtirib olamiz. Qolipdagi quymoqlarning ustidan quyamiz va gazga qo'yib, 180 C darajada 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Masalliqlar:
Quymog'iga: |
|
230 gramm un | |
2 ta tuxum | |
240 millilitr sut | |
360 millilitr gazlangan suv | |
bir chimdim tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
500 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
1 ta limon po'sti | |
Quymasiga: |
|
240 gramm smetana | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar |