Tvorogli pankeyklar
Masalliqlar:
-
6 ta tuxum
-
400 gramm tvorog
-
50 gramm shakar
-
bitta limon po'sti
-
80 gramm un
-
0,5 choy qoshiq qabartma
-
bir chmdim tuz
-
bir o'ram vanilin
Yo’nalishlar
Nonushtani mazali va foydali qilishni istasangiz, unda sizga tvorogli pankeyklar yordam beradi.
Quyidagi masalliqlardan 16-18 dona pankeyklar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
6 ta tuxum | |
400 gramm tvorog | |
50 gramm shakar | |
bitta limon po'sti | |
80 gramm un | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
bir chmdim tuz | |
bir o'ram vanilin |
Tuxum oqlarini sarig'idan ajratib olamiz.
Tuxum oqlarini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bitta idishga tuxum sariqlari, tvorog, shakar, limon po'sti, un, qabartma, tuz va vanilinni solib, blender yoki sanchiqa bilan ezib maydalab olamiz.
Ko'pirtirilgan tuxumli aralashmaning 1/3 qismini solamiz va aralashtiramiz. So'ng, qolgan qismini ham solib aralashtirib olamiz.
Tovaga ozroq sariyog' surtib, bir qoshiqdan solamiz, ustida pufakchalar hosil bo'lsa, ularni ag'daramiz. Ag'dargandan so'ng yana 2 daqiqacha pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.