fbpx
Turkcha usulda pishirilgan makaronli guruch

Turkcha usulda pishirilgan makaronli guruch

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga turkcha usulda pishiriladigan guruch va vermishelli yegulik retseptini taqdim etamiz.

Buning uchun ingichka vermishellardan foydalanamiz. Bunday yegulikni go’shtli taomlar, kotletlar yoki shunchaki qaylaning o’zi bilan ham birga tortish mumkin.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 stakan guruch
100 gramm ingichka vermishel
4 stakan toza ichimlik suvi yoki mol go'shtidan bulyon
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
40 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Guruchni yuvib, suvini to'kib tashlaymiz yoki to'rli suzgich9sito0ga solib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz va vermishellarni solib, qizarguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qovurilayotgan pastaga bir bo'lak sariyog'dan solib, muntazam aralashtirib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Makaronlar karamelsimon rangga kirgandan so'ng guruchni solamiz va suvi bug'lanib ketguniga qadar qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suv yoki bulyonni quyib, baland olovda qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Suv qaynashni boshlaganda esa olovni o'rtacha qilib, qopqog'ini zich yopamiz va 10 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

10 daqiqadan so'ng qopqog'ini ochib, bir marotaba aralashtiramiz va qopqog'ini yopib, 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Guruchli yegulik ham tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 stakan guruch
100 gramm ingichka vermishel
4 stakan toza ichimlik suvi yoki mol go'shtidan bulyon
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
40 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
oldingi
Inglizcha «Fish and chips» yeguligi
keyingi
Kefir va ziravorlar bilan pishirilgan tovuq go’shti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.