Tovuqli «popkorn»
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
0.5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
-
2 osh qoshiq un
-
1 choy qoshiq tuz
-
300 millilitr shakarsiz yogurt
-
200 gramm suli yormasi
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Yo’nalishlar
Siz biron marta tovuqdan mazali popkorn tayyorlash mumkinligi haqida tasavvur qilib ko’rganmisiz?! Bugun Zira ana shunday ajoyib gazak tayyorlashni ko’rsatib beradi.
Mayda bo’lakchalarga bo’linib pishirilgan bu yegulikni yoniga pyure yoki kartoshka qalamchalari bilan tortishingiz, shuningdek shunchaki gazak sifatida ham iste’mol qilishingiz mumkin.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0.5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir | |
2 osh qoshiq un | |
1 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr shakarsiz yogurt | |
200 gramm suli yormasi | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) |
Tovuq go'shtini yuvamiz va 1.5-2 sm kattalikdagi bo'lakchalarga kesib chiqamiz.
Ularni idishga solamiz va ustidan tuz, achchiq qalampir, sarimsoqpiyoz kukunini solamiz.
Yaxshilab qo'lda aralashtirib olamiz.
So'ng unni solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Suli parchalarini blenderda birozgina maydalab olamiz, faqatgina kukunsimon bo'lib qolmasin.
Har bir tovuq bo'lakchalarini avval yogurtga, so'ng esa maydalangan suli yormasiga botirib olamiz.
Gaz pechi panjarasiga terib chiqamiz va 20 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.
So'ng panjarani tagidan gaz pechi patnisini qo'yamiz va 200 C da qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan tovuq bo'lakchalarini xohlagan qayla yoki ketchup bilan iste'mol qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0.5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir | |
2 osh qoshiq un | |
1 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr shakarsiz yogurt | |
200 gramm suli yormasi | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) |