Tovuqli «cho’ntakchalar»
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq go'shti
-
70 granm brokkoli karami
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
100 gramm qaymoqli pishloq
-
1 dons qizil sabzi
-
1 bosh piyoz
-
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1/4 choy qoshiq qora murch
-
1/2 choy qoshiq tuz
-
Tishkovlagich yoki "shpajka"lar
Yo’nalishlar
Oson tayyorlaniladigan va juda ajoyib koʻrinishga ega bu taomni tovuq goʻshtidan tayyorladik.
Har xil taʼmli taomni xohlovchilar esa tovuq oʻrniga kurka goʻshtidan solishlari ham mumkin. Sabzavotlardan ham xohlaganingizni ishlatishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 24 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti | |
70 granm brokkoli karami | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm qaymoqli pishloq | |
1 dons qizil sabzi | |
1 bosh piyoz | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1/4 choy qoshiq qora murch | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
Tishkovlagich yoki "shpajka"lar |
Tishkovlagich yoki choʻpchalarni qaynoq suvga ivitib qoʻyamiz.
Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qoʻyamiz.
Tovuq filesini oʻrtasidan kesib olamiz, bunda ikkita chetini kesmang. Oʻrtasi joy qolib, xuddi choʻntaksimon koʻrinishda boʻlishi kerak.
Soʻng ziravorlarni sepamiz.
Piyozni mayda toʻgʻrab olamiz, sabzini qirgʻichdan chiqarib olamiz.
Brokkolini tuzli suvda 5 daqiqa davomida qaynatib olamiz.
Tovaga piyozni solib qovuramiz, ustidan sabzini solib, yumshaguniga qadar qovuramiz.
Blender idishiga brokkoli karamini, qovurilgan sabzi va piyozni, pishloqni solamiz. Tuz va murch sepib, maydalab olamiz.
Aralashmani tovuq ichiga solamiz va chetini birlashtirib, tishkovlagich yoki choʻpchalar bilan mustahkamlaymiz. Ustiga yogʻ surtamiz va gaz pechiga qoʻyib, 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti | |
70 granm brokkoli karami | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm qaymoqli pishloq | |
1 dons qizil sabzi | |
1 bosh piyoz | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1/4 choy qoshiq qora murch | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
Tishkovlagich yoki "shpajka"lar |