Tovuqli asosga ega lavashli naychalar
Masalliqlar:
-
250 gramm lavash
-
400 gramm tovuq filesi
-
1 ta tuxum
-
50 gramm piyoz
-
150 gramm pishloq
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ustiga suritish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Qovurilgan lavash naychalarini tovuq bilan pishirishni taklif qilamiz. Ular shu qadar mazaliki, bir marotaba tayyorlab ko’rsangiz, yana pishirishingiz aniq.
Bunday mazali nonushta va yengil kechki ovqat har bir pazanda taomnomasida bo’lishi kerak.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm lavash | |
400 gramm tovuq filesi | |
1 ta tuxum | |
50 gramm piyoz | |
150 gramm pishloq | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Tovuq filesini mayda qilib to'g'rab, idishga solamiz. Shu idishga mayda to'g'ralgan piyoz va pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyozni ham solamiz.
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, uni ham asosga solamiz.
Tuxum solib, tuz va murch sepamiz. Aralashtiramiz.
Lavash xamirini 15ga20 sm keladigan to'g'ri to'rtburchaklarga bo'lib olamiz.
Xamirning bir tarafiga 2 osh qoshiq asos solib, bo'sh joyiga ko'pirtirilgan tuxum suritamiz.
Naycha shaklida o'rab, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Masalliqlar:
250 gramm lavash | |
400 gramm tovuq filesi | |
1 ta tuxum | |
50 gramm piyoz | |
150 gramm pishloq | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |
2 Sharhlar Hide Comments
Mashaalloh, juda ham zo’r
Kanalingizga rivoj
Bizga juda yoqdi
Katta rahmat!