fbpx
Tovuqdan tayyorlangan paprikash

Tovuqdan tayyorlangan paprikash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Paprikash – Vengriya oshxonasining eng sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Bunda tovuq juda lazzatli ta’mdagi qaylada tayyorlanib, og’izda erib ketadi.

Bu tez tayyorlash mumkin bo’lgan taom bo’lib, retseptlarga to’liq amal qilinsa va yangi mahsulotlardan foydalanilsa, natijasi sizni har doim quvontiradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm tovuq filesi iloji bo'lsa tovuq sonining lahm joyi
300 gramm pomidor
250 millilitr pomidor sharbati tomatniy sok
2-3 ta bulg'or qalampiri
250 gramm 20% yog'li smetana
1,5 osh qoshiq un
2-3 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini 3x3 sm kattalikda to'g'rab olamiz. Tuz sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz, tovuq go'shtini qismlarga bo'lib solamiz va qovurib, boshqa idishga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shu tovaning o'zida yarim halqa qilib to'g'ralgan piyozni solib, yumshaguniga qadar qovuramiz. Ehtiyojga qarab, 1-2 osh qoshiq yog' solish mumkin.

Ustidan bulg'or qalampirini ham to'g'rab solamiz va uni ham yumshaguniga qadar piyoz bilan birga 2-3 qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor mag'zini qirg'ichdan chiqarib olamiz va tovadagi mahsulotlarning ustidan solamiz.

Pomidor sharbatini solamiz (yoki suvga 1 osh qoshiq tomat pastasidan ham solish mumkin), mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz, murch, paprika, tuz sepamiz – aralshtirib, qaynash darajasiga keltiramiz va past olovda 10-15 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qaylasi qaynaguniga qadar smetanaga unni solib, venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovadagi masalliqlarning ustidan qovurilgan tovuq go'shti va smetanani solamiz (yaxshilab aralashtirib olamiz), qaynash darajasiga keltirib, 1-2 daqiqa davomida pishiramiz.

Qaylasini ta'tib ko'ramiz va ehtiyojga qarab, tuz va murch sepamiz.

Olovni o'chirib, biron xil garnir bilan birga tortamiz va ustidan to'g'ralgan ko'k piyozdan sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm tovuq filesi iloji bo'lsa tovuq sonining lahm joyi
300 gramm pomidor
250 millilitr pomidor sharbati tomatniy sok
2-3 ta bulg'or qalampiri
250 gramm 20% yog'li smetana
1,5 osh qoshiq un
2-3 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Qurtova» salati
keyingi
Rediskali nordongina salat

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.