fbpx
Tovuq va shampinyonli pirog

Tovuq va shampinyonli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Tovuq filesidan yana nimalar tayyorlashni bilmay turgan bo’lsangiz, sizga mana bunday mazali pirog retseptiga ahamiyat qaratishingizni tavsiya qilamiz. O’z vazni va qomatiga e’tibor beruvchilar ham bunday pishiriqdan iste’mol qilishlari mumkin.

Chunki, bu pirogga umuman un solinmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*

*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Asosiga:
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
1 dona tuxum
30 gramm smetana
Asosiga:
300 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
2 ta tuxum
150 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt
150 gramm motsarella pishlog'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan piyoz, smetana, tuxumni solib aralashtirib olamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishiradigan qolipimizga qiymani solib tekislab olamiz. Bu pirogning asosi hisoblanadi.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab, bir osh qoshiq yog' solingan tovada qovuramiz. Ustidan qo'ziqorinlarni ham to'g'rab solamiz va suvi bug'lanib ketguniga qadar dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga qovurilgan masalliqlarimizni qiyma ustidan solib, tekislaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ikkita tuxum va kefirni aralashtirib olamiz va pirog ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirogni 180 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pirogni olib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz va 15-20 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Asosiga:
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
1 dona tuxum
30 gramm smetana
Asosiga:
300 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
2 ta tuxum
150 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt
150 gramm motsarella pishlog'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: G’ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar
keyingi
Jemli bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.