fbpx
Tovuq va sabzavotli toblatma

Tovuq va sabzavotli toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kotletlarni kartoshkali pyure va qaynatilgan guruch bilan pishirib turasizmi? Buning uchun ikki karra ko’p vaqt sarflashingiz aniq.

Shu sabab ham asosiy taomni ham, unga qo’shimcha gazakni ha o’z ichiga oluvchi taomdan tayyorlab ko’ring. Bu mazali taom bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

300 gramm tovuq go'shti (lahm)
250 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
800 gramm kartoshka
1 osh qoshiq un
250 millilitr sut
150 millilitr qaymoq
100 gramm pishloq
ta'bga qarab oregano
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani po'sti bilan birga qaynatib olamiz. Kartoshka suvi qaynashni boshlagandan so'ng, 5 daqiqa qaynatamiz. Sovutib olamiz va po'stidan tozalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini yuvib, o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz va yog'da qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng tovuqni qovurgan tovamizda piyozni mayda to'g'rab qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz ustidan to'g'ralganbqo'ziqorinlarni solib qovuramiz. Butun suyuqlik bug'lanib ketguniga qadar qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Un solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sut va qaymoqnibsolib, to'xtamasdan aralashtiramiz.

Tuz, murch va oreganoni solamiz.

Muhim! Suyuqlik ko'p bo'ladi, shu sabab ham 5 daqiqa qaynating.

Qadam 7
Tugallandi

Qovurilgan tovuq go'shtini qaylaga solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Issiqqa chidamli qolipga tovuq solingan qaylani solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qayla ichiga kartoshkani qirg'ichdan chiqarib solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kartoshkani ustidan pishloqni ham qirg'ichdan chiqarib solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Gaz pechida 30 daqiqa mobaynida pishirib olamiz va iste'molbqilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm tovuq go'shti (lahm)
250 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
800 gramm kartoshka
1 osh qoshiq un
250 millilitr sut
150 millilitr qaymoq
100 gramm pishloq
ta'bga qarab oregano
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta
keyingi
Videoretsept: Ikki xil asosli «Kungaboqar» pirogi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.