Tovuq va qo’ziqorin solingan «sevimli» salati
Masalliqlar:
-
150 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
-
200 gramm dudlangan go'sht
-
1 bog' ko'k piyoz
-
4 ta qaynatilgan tuxum
-
200 gramm marinadlangan shampinyon
-
150 gramm bodring
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab mayonez
Yo’nalishlar
«Sevimli» salati juda yengil va xushxo’r bo’lib, har qanday bayram dasturxoniga yanada fayz bag’ishlaydi.
Tez tayyorlanilishi va juda tez hazm bo’lishiga esa bir qarashda ishonish qiyindir, ammo xuddi shunday.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
200 gramm dudlangan go'sht | |
1 bog' ko'k piyoz | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
200 gramm marinadlangan shampinyon | |
150 gramm bodring | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab mayonez |
Qaynatilgan tovuq go'shti va dudlangan mol go'shtini somoncha shaklida to'g'rab olamiz.
Ko'k piyozni sal kattaroq qilib to'g'rab olamiz.
Tuxum va bodringni ham somoncha shaklda to'g'raymiz.
Qo'ziqorinlarni parrak qilib to'g'raymiz, agar ular kichikroq bo'lsa, butunligicha qoldiramiz.
Barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz, tuz, murch sepib, mayonezni ham solamiz. Aralashtirib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
200 gramm dudlangan go'sht | |
1 bog' ko'k piyoz | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
200 gramm marinadlangan shampinyon | |
150 gramm bodring | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab mayonez |