Tovuq va brokkoli bilan pishirilgan pasta
Masalliqlar:
-
200 gramm to'liq donli undan tayyorlangan pasta
-
200 gramm tovuq filesi
-
400 gramm brokkoli karami
-
100 gramm piyoz
-
300 millilitr qaymoq
-
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mazali, to’yimli va asosysi esa foydali! To’liq donli pasta bilan tayyorlangan bunday taomdan so’ng organizm kerakli vitamin va minerallarga ega bo’ladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 30 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm to'liq donli undan tayyorlangan pasta | |
200 gramm tovuq filesi | |
400 gramm brokkoli karami | |
100 gramm piyoz | |
300 millilitr qaymoq | |
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Piyozni mayda, tovuq go'shtini esa sal kattaroq qilib to'g'raymiz.
Brokkolini ham bo'laklarga bo'lib, 5 daqiqa davomida qaynatib olamiz.
Suvini to'kib tashlab, ustidan sovuq suv quyib tashlaymiz.
Pastani qadog'ida ko'rsatilganidek qaynatib olamiz. Pasta qaynagan suvdan ozroq olib qo'yamiz.
Tovuq go'shtiga tuz va murch sepib, o'simlik yog'ida yarim tayyor bo'lgunicha, taxminan, 5 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Piyozni ustidan solamiz va shaffof rangga kirgunicha qovuramiz. So'ng brokkolini solib, birga qovuramiz.
Qaymoq va pasta qaynagan suvni solamiz va 5 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Tuz, murch va muskat yong'og'i sepib, aralashtiramiz.
Pastani qayla ichiga solib aralashtirib olamiz.
So'ng esa chuqurroq idishga solib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm to'liq donli undan tayyorlangan pasta | |
200 gramm tovuq filesi | |
400 gramm brokkoli karami | |
100 gramm piyoz | |
300 millilitr qaymoq | |
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |