Tovuq go’shti va pomidorli pesto qaylasidan tayyorlangan spagetti
Masalliqlar:
-
450 gramm spagetti
-
250 gramm tovuq filesi
-
1/4 piyola zaytun mevasi
-
1 osh qoshiq marinadlangan kavar kurtaklarikapersi
-
100 gramm pomidorli pesto qaylasi
-
30 gramm quritilgan rayhon
-
10 gramm quritilgan qalampir (paprika)
-
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
qovurish uchun zaytun moyi
Yo’nalishlar
Italyancha taomlarni xush ko’ruvchilar uchun juda tez tayyorlaniladigan taom retsepti. Pomidorli pesto qaylasi esa bu taomga o’zgacha ta’m bag’ishlab, uning boshqalaridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Agarda siz yangicha mazadagi makarondan tayyorlashni xohlasangiz, unda darhol biz bilan tayyorlab ko’ring.
Pomidorli pesto qaylasining tayyorlanish retsepti bilan esa bu yerda tanishib olishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
450 gramm spagetti | |
250 gramm tovuq filesi | |
1/4 piyola zaytun mevasi | |
1 osh qoshiq marinadlangan kavar kurtaklari | |
100 gramm pomidorli pesto qaylasi | |
30 gramm quritilgan rayhon | |
10 gramm quritilgan qalampir (paprika) | |
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
qovurish uchun zaytun moyi |
Pomidorli pesto qaylasini tayyorlab olamiz.
Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda, yupqaroq to'g'rab olamiz. Ustidan tuz, rayhon va paprika sepib aralashtiramiz. Tovaga yog' quyib, pishguniga qadar qovurib olamiz.
Pastani esa o'ramida ko'rsatilgan yo'riqnomaga qarab qaynatib olamiz. Pasta qaynagan suvdan 100 millilitrini chetga olib qo'yib, qolganini to'kib tashlaymiz.
Zaytun mevalarini yarim halqa oy shaklida to'g'rab chiqamiz.
Tog'orachaga zaytun, kavar kurtaklari va psto qaylasini solamiz. Ustidan olib qo'ygan 100 ml suyuqligimizni ham quyib, aralashtirib olamiz.
PAstani qayla sutidan solamiz.
Aralashtirib, likopchalarga solib chiqamiz. Ustidan parmezan yoki xohlagan qattiq pishloq va rayhon sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
450 gramm spagetti | |
250 gramm tovuq filesi | |
1/4 piyola zaytun mevasi | |
1 osh qoshiq marinadlangan kavar kurtaklari | |
100 gramm pomidorli pesto qaylasi | |
30 gramm quritilgan rayhon | |
10 gramm quritilgan qalampir (paprika) | |
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
qovurish uchun zaytun moyi |