Mol go’shtidan tayyorlangan teftellar
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
150 gramm piyoz
-
50 gramm oq non bo'laklari (tost)
-
100 millilitr sut
-
1 dona tuxum
-
120 gramm guruch
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Qaylasiga:
-
200 gramm piyoz
-
200 gramm qizil sabzi
-
300 gramm pomidor
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
Yo’nalishlar
Teftellar yoki «go’shtli tipratikonchalar» juda mazali va to’yimli taom bo’lib, ularni tayyorlash jarayoni esa faqatgina zavq bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
50 gramm oq non bo'laklari (tost) | |
100 millilitr sut | |
1 dona tuxum | |
120 gramm guruch | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Qaylasiga: |
|
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
300 gramm pomidor | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi |
Qiymani tog'orachaga solamiz, ustidan tuxum, murch, tuz va paprikani ham sepamiz.
Sutga ivitilgan non va piyozni go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz. So'ng qiymaning ustidan solib aralashtiramiz.
Guruchni sovuq suvda yuvamiz va qiymaga solamiz.
Agarda siz uzunchoq shakldagi guruchdan foydalansangiz, pishish jarayonida ular shishib, teftellar tipratikonlarga o'xshab qoladi.
Qiymadan xohlagan kattalikdagi teftellar yasab olamiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz va piyoz bilan sabzini solib, tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Po'stidan tozalangan pomidorlarni qirg'ichdan chiqarib solamiz.
Ustidan pomidor pastasini solib, bir necha daqiqa pishirib olamiz.
Qayla ustidan teftellarni terib chiqamiz va qaynash darajasiga keltiramiz. Sharoitga qarab, suv qo'shishimiz ham mumkin.
Qaynashni boshlaganidan so'ng, qopqog'ini yopib, 30 daqiqa davomida dimlab pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
50 gramm oq non bo'laklari (tost) | |
100 millilitr sut | |
1 dona tuxum | |
120 gramm guruch | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Qaylasiga: |
|
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
300 gramm pomidor | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi |