Suzma va bodringdan salat
Masalliqlar:
-
400 gramm suzma
-
yarim bog' ko'k piyoz
-
1 bog' shivit
-
yarim bog' kashnich
-
2 ta bodring
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Suzma juda mazali va foydali sut mahsulotlardan biri bo’lib, undan tayyorlanilgan salat esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Bugun undan ajoyib salat tayyorlashni taklif qilamiz.
Salat uchun ozroq nordon ta’mga ega bo’lgan suzmadan foydalanamiz.
Masalliqlar:
400 gramm suzma | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
yarim bog' kashnich | |
2 ta bodring | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Ko'katlarni yaxshilab yuvamiz va o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz, idishga solamiz.
Bodringni yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz va idishga solamiz.
Ustidan suzmani solamiz, tuz va murchini rostlaymiz.
Agar salat sizga juda quyuq tuyulsa, hech ham qayg'urmang, chunki ko'katlar va bodring o'zidan suv ajratadi.
Tayyor salatni likopchaga solamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm suzma | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
yarim bog' kashnich | |
2 ta bodring | |
ta'bga qarab tuz va murch |