Sutli non
Masalliqlar:
-
130 millilitr suv
-
120 millilitr sut
-
370 gramm un
-
10-15 gramm sariyog'
-
3 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
1.5 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Sutda qorilib pishiriladigan nonlarning uyda tayyorlanish retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bunda nonning usti qarsildoq, ichi esa paxtadek yumshoq bo’lib pishadi.
Uyda tayyorlaniladigan nondanda mazalirog’i bormikan? Albatta yo’q, mehrga yo’g’irilib pishiriladigan pishiriladigan nonga hech narsa teng kelmaydi!
Pishiriladigan yegulikka taxminan 2 500 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Masalliqlar:
130 millilitr suv | |
120 millilitr sut | |
370 gramm un | |
10-15 gramm sariyog' | |
3 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
1.5 choy qoshiq tuz |
Barcha quruq masalliqlar: un, shakar, tuz va xamirturushni solamiz.
Sutni qaynash darajasiga keltiramiz, sariyog'ni solib, eritamiz. Ustidan iliq suvni solib aralashtiramiz.
Quruq massa ustidan quyamiz va aralashtiramiz. 10 daqiqaga qoldiramiz, so'ng yana 5-7 daqiqa yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni yog' surtilgan tog'orachaga solib, ustini yopamiz va 1,5 soat iliq va tinch joyga olib qo'yamiz.
Stol ustiga un sepamiz va oshgan xamirni olib, yaxshilab mushtlaymiz. Xamirni teng uchga bo'lamiz. Aylana shaklga keltirib, chokli tomonini pastga qilib teramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 5 daqiqaga qoldiramiz
So'ng har bir xamir bo'lagini olib, aylanasi 25-30 sm kattalikda yoyib olamiz.
Xamir chetlarini o'rtasiga buklab, o'qlovda yana ozroq yoyamiz. Hosil bo'lgan xamirni ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.
Uzunchoq keks qolipiga yog' surtib, un sepamiz va xamirni solamiz. Qolgan ikkita xamirni ham shunday usulda tayyorlaymiz. Xamirlarni qolipfa yana 1 soatga tindirib qo'yamiz.
Nonlarni ustiga sut surtib, un sepamiz. 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishirib olamiz. Gaz pechi patnisiga esa ozroq suv solib, nonning oastidan qo'yamiz. Pishgan nonlarni gaz pechi panjarasiga qo'yib sovutamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.