Suli yormasi va tunets balig’idan tayyorlangan vafli
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
100 gramm maydalangan suli parchalariovsyanka
-
100 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt
-
2 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
Asosiga:
-
1 ta qaynatilgan tuxum
-
50 gramm konservalangan tunets balig'i
-
bir nechta shoxcha ko'k piyoz
Yo’nalishlar
Tunets balig’i solib pishiriladigan vaflilar nafaqat sog’lom taomnoma, balki to’yimli yegulik ham hisoblanadi. Bunday vafli tayyorlash uchun un qo’shilmaydi, faqatgina maydalangan suli parchalaridan foydalaniladi.
Aytgancha, agar sizda vafli pishirgich mavjud bo’lmasa, unda bu xamirdan xuddi shunday usulda keks yoki quymoqchalar tayyorlab ko’ring.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm maydalangan suli parchalari | |
100 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt | |
2 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
1 ta qaynatilgan tuxum | |
50 gramm konservalangan tunets balig'i | |
bir nechta shoxcha ko'k piyoz |
Xamirini tayyorlaymiz:
Suli parchalarini blender yoki qahva maydalagichda maydalab olamiz. Ustidan tuxum, kefir, tuz, qabartmani solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Asosini tayyorlab olamiz:
O'z sharbatiga yopilgan tunets balig'ini sanchiqda ezib maydalaymiz. So'ng ko'k piyoz va tuxumni ham mayda to'g'rab solamiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib olamiz.
Vafli pishirgichni qizdiramiz. Bir-ikki tomchi o'simlik yog'i surtamiz. Qoshiqda ozroq xamirdan quyamiz. Ustidan qiymani solib, ustidan yana ozroq xamir quyib chiqamiz. Qopqog'ini yopib, 2 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm maydalangan suli parchalari | |
100 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt | |
2 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
1 ta qaynatilgan tuxum | |
50 gramm konservalangan tunets balig'i | |
bir nechta shoxcha ko'k piyoz |