Suli parchalaridan tayyorlanilgan kam kaloriyali pankeyklar
Masalliqlar:
-
150 gramm maydalangan suli parchalari
-
250 millilitr sut
-
2 osh qoshiq to'la don uni
-
1 dona tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma
-
ta'bga qarab shakar
Yo’nalishlar
Ko’pincha nonushtada nima tayyorlashimizni bilmaymiz. Ana shunday paytda Zira sizga suli parchalaridan tayyorlaniladigan kam kaloriyali pechenyelar retseptini taqdim etadi.
Bu pankeyklarni asal, qiyom yoki xohlagan murabbo bilan birga, yoki faqat o’zini tortishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm maydalangan suli parchalari | |
250 millilitr sut | |
2 osh qoshiq to'la don uni | |
1 dona tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ta'bga qarab shakar |
Idishga maydalangan suli yormasi, qabartma va sutning 1/3 qismini solib yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qolgan sut va tuxumni alohida ko'pirtirib olamiz, so'ng shakar solib, ko'pirguniga qadar ko'pirtiraveramiz.
Ikkala aralashmani birlashtiramiz, ustidan un solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Suyuq xamirni 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz,
Xamir tingandan so'ng, olib yana bir bor aralashtirib olamiz.
Xamir xuddi quyuq smetanadek bo'ladi.
Qizdirilgan tovada (faqat birinchisini pishirishdan avval tovani yog'lab olamiz) ustida teshikchalar paydo bo'lguniga qadar pishiramiz.
Keyin ag'daramiz va 8-10 daqiqa qovurib olamiz.
Asal va mevalar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm maydalangan suli parchalari | |
250 millilitr sut | |
2 osh qoshiq to'la don uni | |
1 dona tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ta'bga qarab shakar |