fbpx
Smetanali qaylada pishiriladigan quyon go’shti

Smetanali qaylada pishiriladigan quyon go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun o’zimizning smetanali qaylada pishirilgan quyon go’shti retseptini sizlar bilan bo’lishishga qaror qildik.

Bu taom tez tayyorlanib, shuningdek juda mazali va antiqa ta’m kasb etadi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm quyon go'shti
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi yoki sarimsoq piyoz kukuni
250-300 millilitr smetana
1 osh qoshiq un
1 choy qoshiq rozmarin yoki yangi uzilgani
ta'bga qarab tuz va murch
200 millilitr suv
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni bo'laklarga bo'lamiz. Yaxshi qizigan yog'ga solib, qizargunicha qovurib olamiz. So'ng chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga yog' quyib, avval parrak qilib to'g'ralgan piyozni solib, qovurib olamiz. So'ng xuddi shunday to'g'ralgan sabzilarni ham solib, birgalikda qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ularning ustidan rozmarin va sarimsoq piyozni solamiz va 2 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlar ustidan qovurilgan go'shtni terib chiqamiz, suv quyib, olovni pasaytiramiz va yumshaguniga qadar, taxminan 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Go'sht yumshagandan so'ng esa smetanani solamiz, tuz va murch sepamiz.

5-7 daqiqadimlab, so'ng unni solamiz va qaylasi quyulguniga qadar ozroq qaynatib pishiramiz.

Guruch yoki kartoshka, shuningdek ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm quyon go'shti
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi yoki sarimsoq piyoz kukuni
250-300 millilitr smetana
1 osh qoshiq un
1 choy qoshiq rozmarin yoki yangi uzilgani
ta'bga qarab tuz va murch
200 millilitr suv
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qatlama xamir va qaynatilgan kremdan qilingan pishiriq
keyingi
Tovuq va pomidorli kish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.