Sitrusli choy
Masalliqlar:
-
1 ta apelsin
-
1 ta olma
-
yarimta limon
-
1.5 choy qoshiq qora choy
-
2 osh qoshiq asal
-
1 choy qoshiq dolchin
-
bir nechta yalpiz yaproqchalari
Yo’nalishlar
Xushbo’y sitrusli choy – har qanday faslda ham ichish mumkin bo’lgan ajoyib tanlovdir. Yangi damlangan bu ichimlik sizning kayfiyatingizni ko’tarib, kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Issiq kunlarda esa bunday choyni yaxnaligicha ishich ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta apelsin | |
1 ta olma | |
yarimta limon | |
1.5 choy qoshiq qora choy | |
2 osh qoshiq asal | |
1 choy qoshiq dolchin | |
bir nechta yalpiz yaproqchalari |
Choynakka qaynoq suv quyib, tashlab yuboramiz.
Apelsinni parrak qilib to'g'raymiz va har bir aylana bo'lagini yana to'rtga bo'lamiz.
Olmani esa uzunchoq qilib to'g'raymiz.
Limonni ikkiga bo'lib, har birini sharbatini siqib choynakka quyamiz.
Barcha mahsulotlarni choynakka solamiz, asal quyib, dolchin va yalpiz yaproqchalarini ham solamiz.
Quruq choyni solib, qaynagan suv quyamiz.
Yaxshilab aralashtirib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.