«Shuba ostidagi seld balig’i» ruleti
Masalliqlar:
-
400 gramm kartoshka
-
500 gramm qizil lavlagi
-
200 gramm qizil sabzi
-
3 ta tuxum
-
130 gramm piyoz
-
300 gramm seld balig'i go'shti
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
200-250 gramm mayonez
Yo’nalishlar
Bu sevimli salatni bir xil ko’rinishda tayyorlash joningizga tekkan bo’lsa, unda bizning ruletsimon shaklda tayyorlab, yaqinlaringizni hayron qoldiring.
Shuba ostidagi seld balig’i dasturxonga tortishdan avval 5-6 soat sovutgichda saqlash kerak bo’ladi. Shu sababli ham tayyorgarlikni shuni hisobini olib boshlash kerak.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm kartoshka | |
500 gramm qizil lavlagi | |
200 gramm qizil sabzi | |
3 ta tuxum | |
130 gramm piyoz | |
300 gramm seld balig'i go'shti | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
200-250 gramm mayonez |
Lavlagini gaz pechida pishirib olamiz. ?Buning uchun uni yuvib, bir nechts joyini sanchiq bilan teshamiz. Folgaga o'rab, 1.5 soat davomida 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida pishirib olamiz.. So'ng sovutib, po'stini archamiz va dokaro'molga solib, ortiqcha suvini siqib tashlaymiz.
Kartoshka bilan sabzini ham tuzli suvda yumshaguniga qadar qaynatib pishiramiz. So'ng sovutib, qirg'ichning katta tishidan chiqarib, alohida idishlarga solamiz.
Tuxumlarni sovuq suvga solib, gazga qo'yamiz. Suv qaynashni boshlagach, 8-10 daqiqa davomida qaynatamiz. So'ng sovuq suvga solib sovutamiz va tozalab olamiz. Ularni mayda to'g'raymiz yoki qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Piyozni archib, juda mayin qilib to'g'raymiz.
Seld balig'i filesini ham mayda to'g'rab olamiz.
Rulet yasash uchun bizga taxtakach, oziq-ovqat pelyonkasi va yelim xalta kerak bo'ladi. Buning uchun taxtakachga pelyonkadan to'shaymiz va lavlagini solamiz. Ustidan yelim xaltani solib, qo'lda lavlagini bir tekis taqsimlaymiz.
Yelim xaltani olib, mayonez surtamiz.
Endi kartoshkani sepib chiqamiz va ustini yelim xalta bilan yopamiz. Biroz ustidan bosamiz va yelim xaltani olib tashlab, mayonez surtamiz.
Uchinchi qavatiga esa tuxumlarni sepamiz va ozroq mayonezdan surtamiz. To'rtinchi bo'lib, qirg'ichdan chiqarilgan sabzini sepamiz, mayonez surtib chiqamiz.
Oxirgi bo'lib esa, piyoz va seld balig'ini ruletning o'rtasiga ko'ndalang qilib uzun lentadek solib chiqamiz.
Pelyonkani bir tomonidan ushlab, salatni o'raymiz va ruletsimon shaklga keltiramiz.
Pelyonkaga o'ralgan salatni 2-3 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng likopchaga qo'yib, pelyonkasini olib tashlaymiz va xohishga qarab ko'katlar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm kartoshka | |
500 gramm qizil lavlagi | |
200 gramm qizil sabzi | |
3 ta tuxum | |
130 gramm piyoz | |
300 gramm seld balig'i go'shti | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
200-250 gramm mayonez |