Shokoladli biskvit
Masalliqlar:
-
4 ta tuxum
-
120 gramm shakar
-
100 gramm un
-
20 gramm kakao
Yo’nalishlar
Biskvit ko’pgina pishiriqlar uchun asos bo’la oladi. Shokoladli biskvit ham xuddi oddiy biskvitdek tez tayyorlaniladi.Bunda ko’p vaqt talab etilmaydi, kerakli masalliqlar esa deyarli hammaning ro’zg’oridan topiladi.
Kakao bilan unnibelab olamiz.
Tuxum sarig'ini oqidan ajratib olamiz.
Tuxum sarig'iga shakarning 2/3 qismini solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Tuxum oqini qattiq ko'pik bo'lgunicha ko'pirtirib olamiz. So'ng qolgan shakarni solib, shakar erigunga qadar ko'pirtirib olamiz.
Tuxum oqi va sarig'ini oshxona lopatkachasi bilan ehtiyotkorlik bilan ko'pirtirib olamiz.
Ustidan un va kakaoni solib, yana aralashtirib olamiz.
Aylanasi 20 sm li aylana yoki 18x18 sm kattalikdagi to'rtburchak qolip olamiz, sariyog' surtib, biroz un sepamiz.
Xamirni qolipga quyamiz va 200 C haroratda qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan biskvitni qolipidan ajratmay 10 daqiqa sovutamiz, so'ng qolipdan ajratib, gaz pechi panjarasiga qo'yib sovutib olamiz.
Tayyor biskvitni 8-24 daqiqa xona haroratida qoldiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.