Shivit oshi
Masalliqlar:
-
2 bog' shivit
-
200 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq tuz
-
650-700 gramm un+ yana xamir yoyish uchun
-
vaju uchun
-
500 gramm mol go'shti
-
200 gramm pomidor
-
200 gramm sabzi
-
150 gramm piyoz
-
150 gramm kartoshka
-
200 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra zira
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
kinza
Yo’nalishlar
Sizning e’tiboringizga Xorazm oshxonasining taniqli taomlaridan biri bo’lgan – shivit oshini taqdim etamiz. Shivit oshi – bu shivit (ukrop) ko’kati suvidan qilingan lag’mon va yorqin qizil tusga ega vaju.
Bir qarashda bu taom murakkab tuyilishi mumkin, lekin siz uni bizning retseptimiz bo’yicha tayyorlab ko’rsangiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni o’zingizni urintirmagan holda, mazali va noodatiy taom bilan ajablantirishingiz aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 bog' shivit | |
200 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
650-700 gramm un | |
vaju uchun |
|
500 gramm mol go'shti | |
200 gramm pomidor | |
200 gramm sabzi | |
150 gramm piyoz | |
150 gramm kartoshka | |
200 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra zira | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
kinza |
Shivitni (ukrop) suv bilan blenderda maydalab olamiz.
Agar blender bo'lmasa, siz go'sht maydalagichdan foydalanishingiz yoki o'tkir pichoq bilan shivitni maydalashingiz, suv bilan aralashtirishingiz mumkin.
Idishda tuxum, tuz va shivitni suv bilan aralashtiramiz.
Un solib, xamir qoramiz. Xamirimiz o'rtacha qattiqlikda bo'lishi lozim. Paketga o'rab, 20-25 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.
So'ngra xamirni muzlatgichdan olib, 1-2 millimetr qalinlikda yoyib olamiz. So'ngra uni 15 santimetr kenglikdagi chiziqlarga kesib olib, 10-15 daqiqaga stol ustida qurishi uchun qoldiramiz va ularni rulet shaklida o'rab, kengligi 1 santimetr keladigan lag'monlarni kesamiz.
Vaju tayyorlaymiz:
Qozonda yog'ni qizdirib, o'rtachadan balandroq olovda piyozni yumshagunicha qovuramiz. Go'sht solib, 3-4 daqiqa qovuramiz. So'ngra pomidor pastasi solib, yana 3 daqiqa qovuramiz.
Orqasidan sabzi, kartoshka solib 3 daqiqa aralashtirib qovuramiz.
Bulg'or qalampiri, pomidor va sarimsoqpiyoz solamiz. Aralashtiramiz va ziravorlar solamiz. Taxminan 2 litr suv solib, pishgunicha pastroq olovda qaynatanmiz.
Vaju tayyor bo'lganidan so'ng, lag'monni sho'r suvda taxminan 2 daqiqa pishirib olish kerak bo'ladi.
So'ngra suvini to'kib tashlab, lag'monga ozroq o'simlik yog'i qo'shib aralashtiramiz.
Masalliqlar:
2 bog' shivit | |
200 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
650-700 gramm un | |
vaju uchun |
|
500 gramm mol go'shti | |
200 gramm pomidor | |
200 gramm sabzi | |
150 gramm piyoz | |
150 gramm kartoshka | |
200 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra zira | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
kinza |