fbpx
Shirin tayoqchalar

Shirin tayoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladli glazur bilan qoplangan mana bunday shirin tayoqchalar bolajonlarga juda ham yoqadi. Bunday shirinlikni birga ish va o’qishga, aylanishlarga chiqqanda ham olib yurish qulay.

Oddiy usulda tayyorlanilishi va dasturxonga ham ko’rk bag’ishlashi hech kimni befarq qoldirmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

200 gramm un
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq sariyog'
5 osh qoshiq sut
bir chimdin tuz
100 gramm sutli yoki qora shokolad
ta'bga qarab har xil yong'oqlar
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un, shakar va tuzni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib, qo'lda ishqalab tashlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sut quyib, yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni sovutgichdan olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida 5-6 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir chetlarini tekis qilib kesamiz, shunda to'rtburchak shakl hosil bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirdan bir xil hajmdagi uzun tayoqchalar kesib chiqamiz va pergament qog'oz ustidan teramiz.

Qadam 8
Tugallandi

170 C darajada qizigan pechda 13-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan tayoqchalarni sovishi uchun chetga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Shokoladni eritib olamiz va xohishga qarab, maydalangan yong'oq solib, aralashtiramiz. Uzunchoq idishga quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayoqchalarni ehtiyotorlik bilan shokoladga botirib olamiz va har xil bezaklar sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ularni pech panjarasiga terib, qotishi uchun 5-10 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm un
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq sariyog'
5 osh qoshiq sut
bir chimdin tuz
100 gramm sutli yoki qora shokolad
ta'bga qarab har xil yong'oqlar
oldingi
Videoretsept: Cho’pchalarda pishirilgan losos balig’i
keyingi
Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.