fbpx
«Sezar» salati

«Sezar» salati

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

«Sezar» salati butun dunyo bo’yicha mashhur salatlardan biri bo’lib, bugun ana shu salat retseptini taqdim etamiz. Buning uchun esa bizlar hamma yerdan xarid qilish mumkin bo’lgan mahsulotlardan foydalandik.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm tovuq filesi
250 gramm Aysberg salat bargi
150 gramm oq non bo'laklari (tost)
150 gramm pomidor cherry
150 gramm parmezan pishlog'i
Qaylasiga:
100 millilitr o'simlik yog'i
1 ta tuxum sarig'i
1 choy qoshiq xantal
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesiga tuz sepib, 1/2 choy qoshiq xantaldan surtamiz. Folgaga o'rab, 15 daqiqa pechda pishirib olamiz. So'ng folgani ochib, yana 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Nonni ustki qismini olib tashlab, o'zini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. 180 С darajada qizigan pechda 5 daqiqa davomida quritib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaylasiga:

Idishga tuxum sarig'i, limon sharbati va xantal solamiz. Blender yordamida 2-5 daqiqa davomida maydalab olamiz va oz-ozdan o'simlik yog'i quyamiz. Aralashma quyuqlasha boshlaydi. So'ng sarimsoqpiyoz tishchasini solib yana maydalab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor va ko'katlarni yuvib olamiz. Pomidorni o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz, ko'katlarni qo'lda bo'lib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Likopchaga salat barglarini solamiz. Ustidan tovuq, suxarilar va pomidorlarni solamiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepib, qayladan quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm tovuq filesi
250 gramm Aysberg salat bargi
150 gramm oq non bo'laklari (tost)
150 gramm pomidor cherry
150 gramm parmezan pishlog'i
Qaylasiga:
100 millilitr o'simlik yog'i
1 ta tuxum sarig'i
1 choy qoshiq xantal
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
GOST asosida pishirilgan bodomli pechenyelar
keyingi
«Zebra» fitnes-chizkeyki

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.